Quyidagi futbolchilar hali 19 yoshga to‘lmadi. Ammo shunday katta shartnomalarga ega bo‘lib ulgurdilarki, tanilib ulgurgan ba'zi futbol yulduzlari ulardan kamroq maosh olishadi.

Kristian PULIShICh (Borussiya, Dortmund) – haftasiga 26 ming funt
Kamroq oladi: Joshua Kimmih (Bavariya) – 25 ming funt
«PA Klassiks» jamoasidan sotib olingan amerikalik futbolchi allaqachon 75 o‘yinda asosiy tarkibda tushib ulgurdi. Kristianning muvaffaqiyatlarini payqamaslik oson emas, u dortmundliklar safida nafaqat asosiy futbolchilardan biri bo‘lib oldi, balki AQShda ham 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi, deb e'tirof etildi.

Kay XAVeRTs (BAYYeR) – haftasiga 27 ming funt
Kamroq oladi: Suso (Milan) – 22 ming funt
Xaverts ham xuddi Pulishich singari, 35 o‘yin bilan o‘z jamoasining asosiy tarkib futbolchisi bo‘lib ulgurgan. Xaverts hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p suradi. Kay Germaniyaning barcha yoshdagi terma jamoalarida o‘ynab chiqdi va kelasi yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga borish uchun nomzodlardan biridir. Tabiiyki, u Yevropadagi bir qator skautlar nazariga tushib ulgurgan va juda yaqin yillarda u yanada kattaroq shartnomaga ega bo‘lishini kutsa bo‘ladi.

Yann KARAMO (Inter) – haftasiga 32 ming funt
Kamroq oladi: Dris Martens (Napoli) – 28 ming funt
Karamo – «Kan» klubi tarbiyalanuvchisi. U Afrikada tug‘ilgan bo‘lsa-da, Fransiya yoshlar terma jamoasi a'zosi sanaladi. Markaziy hujumda ham, o‘ng qanotda ham samarali harakat qila oladi. Futbolchi bilan bir qator ingliz klublari qiziqishdi, ammo «Inter» Karamo uchun raqobatda yutib chiqdi va keyinchalik sotib olish sharti bilan ikki yilga ijaraga oldi. Hozircha, ya'ni yuqorida sanab o‘tilgan tengqurlari kabi, asosiy tarkib o‘yinchisi emas, ammo kim biladi, balki Spalletining bahordagi qurollaridan biri aynan Karamo bo‘lib chiqar...





















