O‘zbekiston | 15:06 / 19.12.2017
16256
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta'lim tizimi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 21 mlrd. so‘m ajratilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 dekabrda №991-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.

Qaror matniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Maktabgacha ta'lim vazirligi va uning hududiy organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan 21,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Ta'lim bo‘yicha hamkorlik granti — beg‘araz texnik ko‘magidan foydalangan holda «Maktabgacha va umumiy o‘rta ta'limni takomillashtirish» loyihasi doirasida 2018 yilda maktabgacha ta'lim muassasalari uchun jami 2,453 mln. dollarlik tovar va xizmatlar yetkazib beriladi.

Loyiha doirasida maktabgacha ta'lim muassalari uchun tovar va xizmatlarni xarid qilish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Ushbu tovar va xizmatlarni maktabgacha ta'lim muassasalariga taqsimlash, ulardan maqsadli foydalanishni ta'minlash O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga yuklatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bir oy muddatda Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda «Maktabgacha va umumiy o‘rta ta'limni takomillashtirish» loyihasi doirasida 2018 yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Mavzuga oid