Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXX raisi Rustam Inoyatov Putin bilan uchrashuvda ishtirok etdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov ham ishtirok etdi.
“Aytishni istardimki, xavfsizlik idoralari hamisha, shu jumladan xalqlarimiz uchun murakkab vaqtlarda ham juda muhim davlat vazifasi – mamlakat manfaatlarini va uning fuqarolarini tashqi tajovuzlar, turli xil suiste'molliklar, terrorchilik, uyushgan jinoyatchilikdan himoya qilgan va jiddiy yo‘qotishlarga uchragan”, deb aytdi Putin uchrashuv boshida.
Uchrashuv davomida Putin MDH davlatlari Suriyada IShID jangarilari yakson qilingandan keyin qolgan boshqa terrorchilar qayerga qaytishi va qochishiga befarq emasligini ta'kidlab o‘tdi.

“Terrorchilikka kelsak, bu yerda sizga hech narsa aytish shartmas, siz hammasini o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Bu yo‘nalishlar bo‘yicha aynan sizlardan zarur ma'lumotlarni olamiz. Biz uchun bu borada nima yuz berayotganini kuzatish juda muhimdir. Dunyoda vaziyat juda keskinlashib ketdi va sizga ma'lum bo‘lgandek, Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi samarali harakatlaridan keyin bu terrorchilar qayerga qaytishi va qochishiga biz befarqmasmiz. Biz bu gazandalar qayerga ko‘chib o‘tayotganini tushunamiz va bu “ko‘chib o‘tishlar” davlatlarimiz va xalqlarimiz uchun qanday xavf tug‘dirishini bilamiz. Shuning uchun bu borada hamkorlik qilishimiz muhimdir”, deb o‘z so‘zlarini davom ettirgan Putin.
“Biz doimo to‘qnash keladigan uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya va boshqa muammolarga kelsak, bu ham sizning javobgarligingiz doirasiga kiradi. Ish murakkab, og‘ir, afsuski, yo‘qotishlarsiz emas. Biroq buning barchasi bejizga qilinmaydi, buning barchasi davlatlarimizni ichidan va umuman, birdamligimizni mustahkamlaydi”, deb aytgan Putin.
Rossiya prezidenti maxsus xizmatlar rahbarlariga hamkorlik va taqdim qilinayotgan ma'lumotlar uchun minnatdorlik bildirdi.
“Biz ham sizlarni o‘z vaqtida xabardor qilish uchun barcha ishni amalga oshiramiz. Va siz bilan birga, shu paytgacha bo‘lgandek, davlatlarimiz va odamlarimiz xavfsizligini ta'minlash uchun barcha zaruriy tadbirlarni amalga oshiramiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Putin.
Putin so‘zlari yakunida hamma yig‘ilganlarga minnatdorlik va kelgusida ham samarali ish olib borilishiga umid bildirdi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27
-
Harbiy tarixchi: Ukrainadagi urush hech qachon tugamasligi mumkin
Jahon | 09:20
-
O‘zbekistonning Belarusdagi turizm elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 08:51
-
Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» ishi bo‘yicha ayblanuvchilar «terrorchilar ro‘yxati»ga kirdi
Jahon | 08:40
Mavzuga oid

12:55 / 18.07.2025
Putin Rossiyada xorijiy dasturiy ta’minotni qisqartirish yo‘lini topishni buyurdi

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

15:27 / 15.07.2025
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

12:35 / 15.07.2025