Ozarboyjon bosh vaziri o‘rinbosarining nabirasi 6 yilga qamaldi
Og‘ir jinoyatlar bo‘yicha Boku sudi Ozarboyjon bosh vaziri o‘rinbosari Ali Gasanovning nabirasi Noil Allaxverdiyevni olti yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi. U ikki inson halok bo‘lgan yo‘l-transport hodisasini sodir etgan, deb xabar bermoqda Qafqazinfo.az portali.
Allaxverdiyev ikki inson halok bo‘lgan va yana ikki odam jarohat olgan yo‘l-transport hodisasini sodir etishda aybdor, deb topildi. Prokuror Allaxverdiyevni yetti yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qildi.
Allaxverdiyev va uning do‘sti Mirmagomed Ismoilov 7 avgust kuni hibsga olindi. RBK’ga Ozarboyjon IIV matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Boku shahrida 3 avgust kuni YTH yuz bergan bo‘lib, uning natijasida ikki inson halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi. IIV ma'lumotlariga ko‘ra, YTH Allaxverdiyev o‘z do‘sti bilan shahar ko‘chalarida Mercedes va Mazda avtomobilida poygalar uyushtirgani tufayli yuz bergan. Mercedes Haydar Aliyev shohko‘chasida VAZ-2115’ga kelib urilgan, so‘ng uch nafar piyodani urib yuborib, yonib ketgan.
Mavzuga oid
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
22:20 / 08.11.2024