Putin MDH uchun xavf haqida ma'lum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, MDH uchun tahdid Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi terrorchilardan kelmoqda, ular bu mintaqalardan ekspansiya uchun maydon sifatida foydalanishga harakat qilishmoqda, deb xabar berdi RIA «Novosti».
Putinning so‘zlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov tomonidan MDHga a'zo mamlakatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashi yig‘ilishida o‘qib eshittirildi.
«Shunisi aniqki, jahonda ro‘y berayotgan vaziyat global chaqiriqlar va tahdidlarga yangi, yanada samarali yo‘llar bilan javob qaytarishni talab qilmoqda. MDH davlatlari uchun asosiy xavf Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrikada harakatlanayotgan terrorchilik tashkilotlaridan kelmoqda. Terrorchilar bu mintaqalardan ekspansiya uchun maydon sifatida foydalanishga urinishmoqda, bu yerda yangi jangarilarni yollashmoqda va ularni o‘qitishmoqda, boshqa davlatlardagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun yo‘naltirishmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi Putin.
Shuningdek murojaat matnida ta'kidlanishicha, maxsus xizmatlarning an'anaviy uchrashuvlari «terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi, transmilliy jinoyatchilik bilan kurashdagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga ko‘mak beradi».
Mavzuga oid
22:03 / 15.11.2024
Shols va Putin ikki yil ichida ilk bor telefon orqali muloqot qildi
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024