Jahon | 08:58 / 19.12.2017
31038
2 daqiqa o‘qiladi

Rahmat Oqilov ustidan sud qachon bo‘lib o‘tishi ma'lum

Foto: Aftonbladet

Shvetsiya politsiyasi joriy yilning aprel oyida Stokholmda ro‘y bergan terakt bo‘yicha ish yuzasidan tergovni yakunladi. Ushbu terrorchilik xurujini sodir etishda o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov gumonlanmoqda. Bu haqda TV 4 telekanali prokuror Xans Irmanga tayangan holda xabar berdi.

"Dastlabki tergov yakunlandi hamda ish materiallari advokatga topshirildi. Biroq sud ta'qibi hozircha qo‘zg‘atilmadi", - deya aytib o‘tdi prokuror Irman.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kutilishicha, gumonlanuvchi ustidan sud 2018 yilning fevralida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

7 aprel kuni yuk mashinasi haydovchisi Drottninggatan ko‘chasida odamlarni bosib ketgan. U 550 metr yurib o‘tib, Ahlens savdo markazi binosiga urilgan. Hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohat oldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rahmat Oqilovning hibsda saqlanish muddati uzaytirilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid