18:49 / 19.12.2017
19350

Saudiya Arabistoni mudofaa kuchlari Ar-Riyodga hujumni qaytarishdi

Foto: defencetalk.com

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya yamanlik husiylar tomondan otilgan ballistik raketa urib tushirilganini ma'lum qildi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi.

“Raketa kuchlari Ar-Riyoddagi Yamam saroyiga Burkan ballistik raketasi otilganini ma'lum qildi”, deb yozgan o‘z navbatida “Ansor Alloh” isyonchi harakati vakili tvitterda.

Reuters axborot agentligi avvalroq guvohlarga iqtibos keltirgan holda, Ar-Riyodda gumbirlash ovozlari eshitilgani va qora tutun ko‘ringanini ma'lum qilgan.

Saudiya Arabistoni raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimlari noyabr boshi va oxirida Yamandan otilgan ikkita ballistik raketani urib tushirgandi. Birinchi raketa 4 noyabrda Ar-Riyoddagi xalqaro aeroport yaqinida, ikkinchisi 30 noyabrda mamlakat janubidagi Hamis-Mushayt shahri yaqinida urib tushirilgan.  

Top