O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan. Hujjat matnini O‘zA e'lon qildi.
Prezident markazlashtirilgan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, shu jumladan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari asosida amalga oshirish tartibini joriy etishni tasdiqladi.
Hujjatda quyidagilar belgilab qo‘yildi:
rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan, moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari belgilangan loyihalarni moliyalashtirish faqat Jamg‘arma orqali amalga oshiriladi;
Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlarda jamlanadi;
Jamg‘armaning ijro etuvchi organi va mablag‘larining tasarruf etuvchisi Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori hisoblanadi;
Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori va uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va davlat byudjyetdan tashqari jamg‘armalarning rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati bilan jalb etiladigan chet el kreditlari;
















