Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 yil ichidagi birinchisi. AQSh keng ko‘lamli soliq islohotiga yaqin
Foto: AP
AQSh kongressining vakillar palatasi soliq islohoti loyihasini qabul qildi, u biznes va jismoniy shaxslar uchun stavkaning pasaytirilishini nazarda tutadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ayni damda qonun loyihasi senatga qayta jo‘natilgan. Ta'kidlanishicha, agarda yuqori palata ham qonunni qabul qilsa, u AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan chorshanba, 20 dekabr sanasidan kechiktirilmagan holda imzolanishi kerak. Qayd etilishicha, bu Qo‘shma Shtatlarda 30 yil ichidagi birinchi eng keng ko‘lamli soliq islohotidir.
Qonunga ko‘ra, kompaniyalar uchun soliq stavkasi 2018 yilda 21 foizni tashkil etadi, ayni damda esa bu raqam 35 foizga teng.
Avvalroq kongressdagi respublikachilar soliq islohoti rejasini muvofiqlashtirib olishgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
22:58 / 02.01.2026
Tramp sog‘lig‘i a’lo darajada ekanini aytdi
20:09 / 02.01.2026
Eron rasmiylari Trampni Tehronga tahdidlari uchun tanqid qildi
19:02 / 02.01.2026
Venesuela prezidenti AQSh bilan hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi
17:46 / 02.01.2026