Sport | 09:40 / 20.12.2017
11618
3 daqiqa o‘qiladi

Angliya Liga kubogida ikki yarim finalchi aniq bo‘ldi

Foto: Manchester Siti matbuot xizmati

19 dekabr oqshomida Angliya ligasi kubogi chorak finali doirasida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Birinchi uchrashuvda «Arsenal»  «Vest Hem Yunayted»ga qarshi o‘ynadi. Londondagi «Emireyts» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol Denni Uelbek hisobiga yozildi, u 42-daqiqada Matyo Debyushining pasini golga aylantirdi. Bu g‘alaba evaziga «Arsenal» Liga Kubogi yarim finaliga chiqdi, «Vest Hem» turnirdagi ishtirokini yakunladi.

«Manchester Siti» chorak finalda «Lester Siti»ni mag‘lub etdi. Lesterdagi «King Pauer» stadionida kechgan uchrashuvda «shaharliklar» jamoasi penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

O‘yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. 26-daqiqadayoq Bernardu Silva «Man Siti»ni oldinga olib chiqqandi, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarning yettinchisida «Lester» hujumchisi Jyeymi Vardi penaltini aniq amalga oshirdi va jamoalarni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tdi. Overtaymda gol bo‘lmadi. Penaltilar seriyasida esa Vardi va Riyoz Mahrez nuqtada adashdi, mehmonlar jamoasining 4 futbolchisi ham o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi - 3:4.

Shu tariqa, «Man Siti» «Arsenal» ortidan Liga kubogi yarim finaliga chiqdi, «Lester» turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Kubok yarim finalining yana ikki ishtirokchisi 20 dekabr kuni «Chelsi» — «Bornmut» va «Bristol Siti» — «Manchester Yunayted» juftliklari uchrashuvlari natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Angliya ligasi kubogi 
5-raund

Arsenal – Vest Hem 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 42 Uelbek.
Arsenal – Ospina, Chembers, Kolashinats, Debyushi, Xolding, Koklen (Dasilva, 90), Uillok (Shif, 84), El-Nenni, Uolkott, Uelbek, Jiru (Nelson, 78).
Vest Hem – Hart, Rid, Kollinz, Kressuell (Kerroll, 65), Ogbonna, Kina (Arnautovich, 83), Rays, Ayyu, Obiang, Masuaku, Ernandes (Sako, 65).
Ogohlantirish: Xart (71).

Lester – Manchester Siti 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 3:4
Gollar: 0:1 – 26 Bernardu Silva, 1:1 – 90, penalti Vardi.
Lester – Xeymer, Dragovich (Benaluan, 111), Maguayr, Fuks, Chiluell (Grey, 71), Olbrayton (Marez, 57), Amarti, Iborra, King, Ixeanacho (Vardi, 57), Okadzaki.
Manchester Siti – Bravo, Mangalya (Uoker, 81), Adarabioyo, Danilo, Foden (Dele-Bashiru, 90), Gundo‘g‘an, Zinchenko, Bernardu Silva, Ture, Braim Dias (Nmecha, 88), Gabriel Jyezus.
Penaltilar seriyasi:
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.
Ogohlantirishlar: Ixeanacho (23), Gundo‘g‘an (61), Danilo (90), Uoker (96), Maguayr (105).

Mavzuga oid