Özbekiston Respublikasi Senatining XIII yalpi majlisi birinçi iş kuni öz nihoyasiga yetdi. Bu galgi yalpi majlisda ikki nafar yangi saylangan senator, Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jörayev hamda Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirov ham iştirok etdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Özbekiston Respublikasi Senatining XIII yalpi majlisi kun tartibiga 26ta masala qöyilgan bölib, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov 2018 yilga möljallangan makroiqtisodiy körsatkiçlar, soliq va byudjyet siyosatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi ma'lumotlarni senatorlarga havola etdi.

Jamşid Qöçqorovning aytişiça, olib borilgan siyosiy islohotlar natijasida, joriy yilda makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlaniş sur'atlari ijobiy körsatkiçni saqlab qolmoqda.

«Joriy yil yakunlari böyiça, yalpi içki mahsulot hajmining 5,5 foizga, sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça 5,7 foizga, qişloq xöjaligining 3,5 foizga, çakana savdo aylanmasining 5,2 foizga ösişi kutilmoqda. Tovar va xizmatlar eksporti hajmi esa 14 foizga ösişi kutiladi. Inflyatsiya körsatkiçi 14 foiz bölişi kutilmoqda, ammo bundan avvalgi ma'lumotlarning şaffof ekanligiga Xalqaro valyuta jamğarmasi ham şubha qilgandi», deydi vazir.

Moliya vazirining fikriça, oxirgi paytda statistik ma'lumotlarni aniqlaştiriş, ularni xalqqa töğri yetkazib berişga katta e'tibor qaratilmoqda: qisqa muddat içida Markaziy Bank, Davlat Statistika qömitasi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari Xalqaro Press klubda iştirok etib, haqiqiy iqtisodiy raqamlarni oşkor etgan.

«Bunga nima turtki böldi? Özbekistonlik iqtisodçilar rivojlaniş strategiyasi nima, iqtisodiyot qay oqimga oğişmoqda, bu statistika xalqaro talablarga javob beradimi, degan savollarga javob berişi kerak. Gapning indallosini aytganda, minbarlardan turib, ayrim raqamlarni aytganimizda juda köp odamlar miyiğida kulib qöyardi. Şuning uçun, inflyatsiya haqida gapirganda aytiş joizki, u joriy yilda haqiqatan yuqori bölişi kutilyapti. Keyingi yilda ham (inflyatsiya) yuqori darajada bölib, 12-13 foiz atrofida bölişi kutilmoqda. Prezident mana şu haqda oçiq-oydin gapirişni aytmoqda: kelgusi yilda kuzatilişi mumkin bölgan raqamlarni ham oşkor etmoqdamiz. Şuningdek, respublikaning eng çekka hududlarigaça yoyilgan aholi vakillariga eng qulay narxda birlamçi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oliş imkoniyatini yaratiş kerakligiga e'tibor qaratilyapti», deydi Boş vazir örinbosari.

2017 yildagi davlat byudjyetining daromadlar böyiça ijrosi şuni körsatyaptiki, barça soliq turlari va boj tölovlari rejalar töliq bajarilişi kutilmoqda, şuningdek, 2016 yildagi raqamlar bilan soliştirganda, daromadlar 8,3 trillion sömga yoki 20 foizga ösişi kutilyapti.