Yerda, shubhasiz, ko‘plab ajoyib manzaralarning guvohi bo‘lamiz. Biroq bu faqat bir tomonlama qarashdir. Samoga ko‘tariling - va siz Yerni mutlaqo boshqacha ko‘ra boshlaysiz. Reuters suratkashlari 2017 yilda samodan turib olingan Yerning eng ajoyib suratlarini taqdim etishdi.
Velosipedlar Shanxaydagi veloturargohda kamalak misoli qatorlashib turibdi.

Braziliya Atrof-muhit va qayta tiklanuvchi resurslar instituti xodimlari daraxtlarni noqonuniy kesishga qarshi kurash doirasida Amazonas shtatidagi o‘rmonga o‘t qo‘yishdi.

Greyder (kanal qazishga mo‘ljallangan mashina) Sognefelle tog‘i orqali Krossbyu tomon eltuvchi yo‘lni tozalashga harakat qilmoqda, Norvegiya.

Rio-de-Janeyro aholisi va sayyohlar yozgi mavsumda Barra-da-Tijuka plyajida cho‘milishmoqda.

Muzlagan Vanxankaupunginlaxti ko‘lida muz-arg‘imchoq tasviri, Xelsinki.

Smog Xitoydagi Tyantszin shahrini qoplab olmoqda.


























