23:30 / 20.12.2017
15794

Eronning sobiq vitse-prezidenti 63 yilga qamaldi

Foto: Ebrahim Noroozi / AP

Eronning sobiq vitse-prezidenti Hamid Rizo Boqoiy davlat mablag‘larini suis'temol qilish aybi bilan 63 yillik qamoq jazosiga tortildi. Unga 63 ta bank hisob raqami ochish hamda davlat mablag‘larini xarjlab yuborish aybi qo‘yilgan. Bu haqda Eron adliya vazirligi qaroriga iqtibos keltirgan holda ABC News ma'lum qildi. 

Boqoiy Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod ma'muriyatining sudlanayotgan birinchi a'zosi emas. 2015 yilda mamlakatning boshqa bir vitse-prezidenti Muhammad Rizo Rahimiy ham qamoq jazosiga mahkum qilingandi. 

Boqoiy 2015 yil iyulda hibsga olingan. Rahimiy bilan bog‘liq holat kabi Boqoiyga qo‘yilayotgan ayblovlar tafsilotlari oshkor qilinmagandi. 7 oydan keyin siyosatchi ozodlikka chiqqandi.

2017 yil fevralda Boqoiy prezident saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etmoqchiligini ma'lum qilgandi. Biroq unga nomzod sifatida qayd qilinishi rad etilgan. Saylovda amaldagi prezident Hasan Ruhoniy g‘olib bo‘ldi. Saylovdan 1,5 oy o‘tgach esa Boqoiy yana hibsga olingan.

Mavzuga oid
Top