22:30 / 20.12.2017
8608

Falcon Heavy raketasining ilk suratlari namoyish qilindi

Foto: twitter.com/ @elonmusk

SpaceX rahbari Ilon Mask tvitterda yangi Falcon Heavy og‘ir raketa-tashuvchisining ilk suratlari bilan bo‘lishdi. Raketa Kanaveral burnidagi kosmodromda joylashgan.

Avvalroq Mask Falcon Heavy’ning ilk parvozi 2018 yil yanvarida bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgandi. Raketa Mars orbitasiga jo‘natiladi. SpaceX rahbari “agar raketa parvoz vaqtida portlab ketmasa, uzoq koinotda milliardlab yillar davomida qolishini” aytgan.

Foto: twitter.com/ @elonmusk
Foto: twitter.com/ @elonmusk

SpaceX fevralda 2018 yil oxirida 2 nafar sayyoh Oy atrofiga bir haftalik parvozga jo‘nashini ma'lum qilgandi. Ular Falcon Heavy raketasi tomondan orbitaga olib chiqiladigan Dragon 2 yuk kemasida bo‘lishadi. Sayyohlar nomlari oshkor qilinmagan. 

Mavzuga oid
Top