08:40 / 20.12.2017
9675

Televizor, telefon va videokameraga ega 39 «yoshli» Ferrari auksiondan sotilmoqda

Barrett-Jackson auksioniga yanvar oyi o‘rtalarida amerikalik afsonaviy kastomayzer Jorj Barrisning avtomobillaridan biri qo‘yiladi. Aynan u 1966 yilgi serialga Betmobilni va «Yo‘llar ritsari» serialidan K.I.T.T. mashinasini o‘ylab topgan. Savdolarga esa Barrisning shaxsan o‘ziga tegishli bo‘lgan Ferrari 308 GTS sportkari qo‘yiladi.

Barris bu «Ferrari»ni 1978 yilda sotib olgan bo‘lib, avtomobilni darhol qayta ishlashga qaror qilgan. Sportkar oltin rang – jigarrang rangga ega bo‘ldi, kuzovda esa Italiya bayrog‘i tasviriga o‘xshash chiziqchalar yaratildi, g‘ildirak arkalari kengaytirildi, BBS disklariga juda keng shinalar o‘rnatildi. Bundan tashqari,  suratiluvchi faralar olib tashlandi, radiator panjarasi almashtirildi, oldinda va orqada yangi spoylerlar qo‘shildi.

Bundan tashqari, sportkarning intereri jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutdi. Avtomobil elektron uskunalar paneli, NEC telefoni, Sony televizori, Kenwood audiotizimi, orqani ko‘rish kamerasi va qo‘riqlash tizimi kodi kiritiluvchi maxsus klaviatura bilan jihozlandi.

250 kuchli sakkiz silindrli dvigatel bilan jihozlangan Ferrari 12,8 ming kilometr yo‘l bosgan.

Mashina uchun qancha pul olish rejalashtirilayotganiga aniqlik kiritilmadi.

 

 

Top