Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston neftni import qiluvchi mamlakatga aylanib bo‘ldi» - Moliya vaziri
Qashqadaryo viloyati 2017. Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mamlakatda narxi oshib ketgan neft mahsulotlari bo‘yicha izoh berdi. U bu haqda Senatning XIII yalpi majlisidagi nutqida ta'kidlab o‘tdi.
«Jahon bozorida neft narxi o‘sish sur'atlariga ega bo‘lmoqda, O‘zbekiston esa oxirgi yillarda neftni import qiluvchi mamlakatga aylanib bo‘ldi. Shuning bilan uning narxidagi o‘sish - ichki bozordagi neftdan tayyorlanadigan mahsulotlar narxiga salbiy ta'sir qiladi. Masalan, 2017 yil kech bahor kunlaridan boshlab, neft narxi o‘sishi bilan «O‘zbekneftegaz» kompaniyasining ko‘rgan ziyoni 600 milliard so‘mdan oshib ketdi. Bugungi kunda kompaniyaga davlat byudjyetidan ko‘mak berish choralari ko‘rilmoqda. Biz benzin narxi hanuzgacha arzon saqlanmoqda, deb iddao qilganimizga qaramay, uni Toshkent shahridan boshqa joyda topishning iloji yo‘q edi. Bozordagi juda ko‘p narxlarning belgilanishi, xususan, inflyatsiya darajasi ham mana shu neft qiymati bilan chambarchas bog‘liq», deydi Moliya vaziri.
Jamshid Qo‘chqorovning ta'kidlashicha, ushbu narxlar bozor iqtisodiyoti qoidalari bo‘yicha erkin belgilanishi lozim. Inflyatsiya darajasini 4-5 foizga keltirish uchun narx-navoni erkinlashtirish yo‘lidan borish lozim.
Mavzuga oid
09:00 / 21.12.2025
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
11:08 / 19.12.2025
Jamshid Qo‘chqorovda neft-gaz bo‘yicha o‘rinbosar paydo bo‘ldi
20:28 / 17.12.2025