O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 85 foizga oshdi
Tojikiston joriy yilning boshidan buyon tashqi savdo aylanmasini oshirdi, va eng yuqori o‘sish O‘zbekiston hamda Qozog‘iston bilan ikki tomonlama savdoda qayd etildi.
Statistik ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘n bir oyi mobaynida Tojikiston tashqi savdo aylanmasi qariyb 3,6 mlrd dollarni tashkil etdi.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, bu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 mln dollarga ko‘p. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida tovarlar eksportining ulushi 1 mlrd 96 mln dollarga teng bo‘ldi, bu 2016 yilning yanvar-noyabr oylaridagi ko‘rsatkichdan 35,4 foizga yoki 286.6 million dollarga ko‘proq.
Mahsulotlar importi taxminan 2,5 mlrd dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi hajmdan 9,7 foizga yoki 267 mln dollarga kamroq.
Rossiya va Qozog‘iston Tojikistonning asosiy savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Tojikiston-Rossiya aylanmasi hajmi 843 mln dollarni, Tojikiston-Qozog‘iston aylanmasi esa 754 million dollarni tashkil qildi. Rossiya bilan savdo hajmi 11 foizga kamaydi, Qozog‘iston bilan esa aksincha – qariyb 30 foizga oshdi.
Tojikiston ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga ko‘ra, eng yuqori o‘sish O‘zbekiston bilan ikki tomonlama savdoda qayd etildi – 85 foiz, bu 110 million dollardan ortiqdir.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
13:20 / 16.11.2024
O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
11:27 / 07.11.2024