Papua-Yangi Gvineya tarkibiga kiruvçi Dyuk-of-York orollari qirğoği yaqinida 103 yil muqaddam izsiz ğoyib bölgan HMAS AE1 Avstraliya suv osti kemasi topildi. Bu haqda Avstraliya Mudofaa vazirligi saytida xabar berilgan.

Suv osti kemasi qoldiqlari ötgan haftada boşlangan ekspeditsiya davomida topildi. Ular taxminan 300 metrlik çuqurlikda bölgan.

Foto: Arxiv foto
Foto: Royal Australian

1914 yilning 14 sentabr kuni Yangi Britaniya orollari yaqinida ğoyib bölgan suv osti kemasi bortida 35 kişi bölgan.

Xabar qilinişiça, suv osti kemasi ekipajining taqdiri «Avstraliya harbiy tarixidagi eng sirli voqealardan biri bölib qolayotgandi».

Şuningdek ta'kidlanişiça, suv osti kemasining topilişi bilan «Avstraliyaning eng qadimiy harbiy-dengiz siri oçildi».