07:27 / 21.12.2017
6097

BMT bosh kotibi dunyodagi ixtiloflar o‘rtacha qancha davom etayotganini ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti / Vladimir Astapkovich

Bugungi kunda dunyodagi ixtiloflarning o‘rtacha davomiyligi 20 yildan ko‘proqni tashkil qiladi, deb aytdi BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh.

“Qurolli ixtiloflarning soni global ko‘lamda kamaydi, biroq Yaqin Sharq va Afrika hududlarida yangi ixtiloflar paydo bo‘ldi. Ixtiloflar borgan sari hal qilinishi qiyin bo‘lib bormoqda. Ular uzoq – o‘rtacha 20 yildan ko‘proq davom etmoqda”, deb aytdi Guterresh BMT Xavfsizlik kengashining dunyo va xavfsizlikka tahdid qilayotgan chaqiriqlar muammosiga bag‘ishlangan yig‘ilishida.   

Ixtiloflarni hal qilish qurolli guruhlar “hukumat idoralari, tabiiy zaxiralar va hududlar ustidan nazoratni qo‘lga olish uchun raqobatlashishlari va avtoritar talablarga ega bo‘lgan ekstremistik guruhlar bo‘lgani sababli demokratiya uchun joy qoldirmasligi” bilan murakkablashmoqda.

“Ixtiloflarning oldini olish ishimizning avvalboshida turishi kerak. Ixtilofni hal qilishga urinishdan ko‘ra, uning oldini olgan ma'qulroqdir”, deb aytgan Guterresh.

Top