21 dekabr kuni Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori va sobiq SSSR makonida eng «janjalkash» siyosatchi bo‘lgan Mixail Saakashvili 50 yoshga to‘ldi. Kiyevdagi Taras Shevchenko xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchisi, g‘arbdagi qator ta'lim muassasalarida tahsil olgan (jumladan AQSh Davlat departamenti stipendiyasi yordamida Kolumbiya universitetida ham) Saakashvili Gruziyaga 1995 yilda qaytib keldi hamda vatanidagi siyosiy hayotga darhol kirishib ketdi. U hukumatga ijobiy kayfiyatda bo‘lgan deputatlikdan boshladi, biroq 2003 yilga kelib o‘sha hukumatni to‘ntarib tashlagan «Atirgullar inqilobi» yetakchisiga aylandi. Saakashvili Gruziya prezidenti lavozimida mamlakatda Yevropa tartiblarini joriy etishga bo‘lgan urinishi va Janubiy Osetiyadagi harbiy mojaro bilan yodda qoldi.

U aynan shu asosda o‘ziga MDH hududidagi «Kremlning bosh dushmani» imijini yaratishni boshladi. Bu imij Saakashviliga bugun ham yordam bermoqda – Ukrainada «Yevromaydan»dan so‘ng. Prezident Pyotr Poroshenko bilan yaxshi munosabatlarini uzib tashlab, gruziyalik «janjalkash» siyosatchi avvalgidan ham erkinroq harakat qilayotgandek tasavvur uyg‘otmoqda. Hozircha uning Ukrainadagi bosh muxolifatchiga aylanish, shu orqali yangi maydanni chaqirish va hokimiyatni tebratishga bo‘lgan harakati nafaqat yorqin, balki muvaffaqiyatli ham ko‘rinish hosil qilmoqda. 

Foto: David Mdzinarishvili/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Batumida Ajariya rahbari Aslan Abashidze bilan muzokaralardan so‘ng, 2004 yil

Foto: David Mdzinarishvili/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili va AQSh prezidenti Jorj Bush Tbilisidagi Ozodlik maydonida, 2005 yil

Foto: Gleb Garanich/Reuters

Muxolif siyosatchi Mixail Saakashvili Atirgullar inqilobi vaqtida Tbilisidagi Gruziya parlamenti binosi yonida, 2003 yilning 22 noyabr kuni