21:15 / 21.12.2017
9278

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tuzilmoqda

Foto: Umweltbundesamt

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 993-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 40 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparati, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmalari namunaviy tuzilmalari tasdiqlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar ham tasdiqlangan.

Mavzuga oid
Top