10:30 / 21.12.2017
7777

Germaniya Kubogida chorak finalning barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

Germaniya Kubogining nimchorak finali o‘yinlari doirasida «Bavariya» Dortmundning «Borussiya» klubini mag‘lubiyatga uchratdi. Myunxendagi «Alyants-Arena» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 12-daqiqasida Xames Rodrigesning  standart vaziyatdan uzatgan to‘pga Niklas Zyule  zarba berdi, darvoza to‘sinidan qaytgan to‘pga Jyerom Boateng birinchi bo‘lib yetib keldi va boshi bilan Roman Byurkini dog‘da qoldirdi. Birinchi bo‘lim oxirida Tomas Myuller o‘z vaqtida berilgan pas bilan Robert Levandovskini oldinga tashladi va hisob yana o‘zgardi — 2:0.

77-daqiqada Andrey Yarmolenko bitta javob golini urdi. Muxlislar o‘yinda boshqa gol ko‘rishmadi.

Bu g‘alabadan keyin «Bavariya» Germaniya kubogining 1/4 finaliga chiqdi, «Borussiya» turnirni tark etdi.

«Bayyer» Germaniya Kubogining 1/8 finalida Myonxengladbaxning «Borussiya» klubini mag‘lub etdi. «Borussiya-Park» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol 70-daqiqada yamaykalik hujumchi Leon Beyli tomonidan urildi.

«Verder» ham «Frayburg»ni 3:2 hisobida yengdi va turnirning keyingi bosqichiga chiqdi. Bremenliklar safida gollarga Isak Belfodil, Filipp Bargfrede va Florian Kaynts muallif bo‘ldi, mehmonlarning gollari Nils Petersen va Yorik Rave tomonidan urildi.

Frankfurtning «Ayntraxt» klubi esa «Haydenhaym» ustidan safarda g‘alaba qozondi - 2:1 . Mehmonlarning g‘alabasini Sebasten Allerning 109-daqiqada urgan goli ta'minladi.

Bungacha «Bavariya», «Maynts», «Paderborn», «Volfsburg» va «Shalke-04» jamoalari chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

Germaniya Kubogi
1/8 final

Bavariya – Borussiya D 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 12 Boateng, 2:0 – 40 Myuller, 2:1 – 77 Yarmolenko.
Bavariya – Ulrayx, Boateng, Martines (Rudi, 87), Alaba, Zyule, Xames (Tolisso, 75), Kimmix, Vidal, Riberi (Koman, 61), Levandovski, Myuller.
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Bartra (Daud, 34), Toprak, Gerreyru (Shyurrle, 56), Yarmolenko, Kagava, Tolyan (Isak, 88), Vaygl, Shmeltser, Pulishich.
Ogohlantirishlar: Riberi (22), Levandovski (79), Vidal (83), Daud (89).

Verder – Frayburg 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 3 Belfodil, 2:0 – 20 Kaynts, 2:1 – 28, penalti Petersen, 3:1 – 69 Bargfrede, 3:2 – 86 Rave.
Verder – Pavlenka, Moysander, Augustinsson, Gebre Selassiye, Velkovich, Dileyni, Bargfrede, Kaynts (Bauer, 90), Eggeshtayn, Gondorf (Yuxannsson, 83), Belfodil (Kruze, 75).
Frayburg – Shvolov, Kyubler, Gyunter, Shtentsel (Kat, 75), Kox, Serro (Terratsino, 46), Stanko, Xaberer, Rave, Kapustka (Seyundjyu, 46), Petersen.
Ogohlantirishlar: Terratsino (58), Bargfrede (89), Rave (90).

Borussiya M – Bayyer 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 70 Beyli.
Borussiya M – Zommer, Ginter, Oksford (Grifo, 76), Vendt, Vestergor, Xerrmann (Bobadilya, 80), Zakariya, Azar, Kyuizans, Elvedi (Drmich, 87), Shtindl.
Bayyer – Leno, Ta, Vendell, Retsos, Bender, Baumgartlinger, Kor, Xavertts (Mexmedi, 46), Brandt (Belarabi, 67), Beyli (Xenrixs, 90), Folland.
Ogohlantirishlar: Havertts (13), Folland (81), Baumgartlinger (89).

Haydenhaym – Ayntraxt F 1:2 (0:0, 0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 95 Gachinovich, 1:1 – 96 Shnatterer, 1:2 – 109 Aller.
Haydenhaym – Myuller, Grisbek (Toyyerkauf, 88), Beyermann, Kraus, Fayk, Lankford (Glattsel, 103), Titsh-Rivero, Shnatterer (Bush, 103), Dovedan (Tomalla, 82), Verguk, Shtrauss.
Ayntraxt F – Gradetski, Salsedo, Russ, Villems (Tavatxa, 64), Gachinovich, Volf (da Koshta, 100), Boateng, Xasebe, Rebich (Yovich, 105), Aller, Xrgota (Shtendera, 79).
Ogohlantirishlar: Dovedan (56), Fayk (78), Xasebe (105).

Maynts – Shtutgart 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar: 0:1 – 41 Gentner, 1:1 – 62 Berggren, 2:1 – 71 Diallo, 3:1 – 90 Serdar.
Maynts – Tsentner, Xak, Brosinski, Diallo, Baku (Berggren, 57), Maksim (Serdar, 80), Kvayson (Muto, 57), Lattsa, De Blasis, Fray, Xoltmann.
Shtutgart – Tsiler, Bek, Insua, Baumgartl, Aogo (Grgich, 74), Ozdjan (Asano, 72), Askasibar (Breier, 81), Brekalo, Gentner, Akolo, Kaminski.
Ogohlantirishlar: Lattsa (38), Kvayson (53), Bek (70).

Paderborn – Ingolshtadt-04 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 56 Tsolinski.
Paderborn – Rataychak, Shtrodik, Xertsenbrux, Beder, Tsolinski (Kollinz, 89), Antvi-Adjyey, Shonlau, Krausse, Vassi, Srbeny (Vimmer, 90), Mixel (Bertels, 83).
Ingolshtadt-04 – Nyuland, Matip, Tresh (Kuchke, 74), Levels, Val, Koen, Pledl (Lyaypertts, 33), Morales, Leks (Kittel, 61), Leskano, Gaus.
Ogohlantirishlar: Pledl (22), Gaus (39), Koen (41), Beder (66), Kittel (67), Krausse (90).

Nyurnberg – Volfsburg 0:2 (0:0, 0:0, 0:1)
Gollar: 0:1 – 96 Uduoxay, 0:2 – 118 Didavi.
Nyurnberg – Bredlov, Margraytter, Leven (Verner, 82), Lyaybold, Everton, Erras (Kammerbauer, 105), Mevald, Salli (Gislason, 90), Berens, Valentini, Isxak (Toyxert, 116).
Volfsburg – Gryun, Uduoxay, Tisseran, Villiam, Bruma, Ntep (Didavi, 65), Arnold, Gilavogi, Malli (Yung, 120), Dimata (Gerxardt, 103), Gomes (Origi, 75).
Ogohlantirishlar: Tisseran (64), Berens (104), Origi (112).

Shalke-04 – Keln 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 63 Mayyer.
Shalke-04 – Fermann, Naldo, Kerer (Stambuli, 46), Nastasich, Ochipka, Mayyer, Kalidjuri, Shopf (Makkenni, 79), Xarit, Burgshtaller, Di Santo (Embolo, 75).
Kyoln –    Xorn, Olkovski (Klemens, 39), Xorn, Xorxe Mere, Klyunter (Xeger, 70), Fyurlix (Goden, 71), O‘zjan, Sorensen, Lemann, Xaynts, Yoyich.
Ogohlantirishlar: Kerer (44), Lemann (48), Yoyich (56), Xorxe Mere (79).

Top