17:26 / 21.12.2017
28586

Yilning eng muvaffaqiyatli filmi ma'lum

Amerikaning Variety jurnali 2017 yilning eng muvaffaqiyatli va eng omadsiz filmlarini ma'lum qildi.

Eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan kartinalar orasidan «Mo‘'jiza ayol» (120 mln dollarlik byudjyetga ega bo‘lgani holda jahon prokatida 821 mln dollar), «Ajoyib qizlar» (mos ravishda 19 va 138 mln dollar), «Mo‘'jiza» (20 mln va 155 mln dollar) joy oldi.

«Mo‘'jiza ayol»

Shuningdek muvaffaqiyatli filmlar ro‘yxatida «Nari ket» (4,5 mln va 254 mln dollar), «U» (35 mln va 695 mln dollar), «Sohibjamol va maxluq» (160 mln va 1,26 mlrd dollar) ham bor.

Bundan tashqari, ro‘yxatda «Yulduzlar jangi: So‘nggi jyedaylar» kartinasi qayd etilgan. U yaqindagina prokatga chiqarilganiga qaramay, jahon bo‘ylab ishlab topgan mablag‘lari miqdori 536 mln dollarni tashkil etdi (byudjyeti 250 mln dollarga teng bo‘lgan).

2017 yilda omadsizlikka yuz tutgan filmlar orasida esa «Monstr-traki» (byudjyeti 125 mln dollar bo‘lgani holda prokatda 64 mln dollar ishlab topdi), «Qirol Artur qilichi» (mos ravishda 175 va 148 mln dollar), «Valerian va ming sayyora shahri» (180 mln va 225 mln dollar) qayd etilgan.

«Monstr-traki»

Shuningdek muvaffaqiyat qozona olmagan kartinalar ro‘yxatida «Qorong‘u minora» (60 mln va 111 mln dollar), «Va'da» (90 mln va 8 mln dollar), «Geoshtorm» (120 mln va 207 mln dollar) ham bor.

Top