10:08 / 21.12.2017
10512

Qozog‘iston tashqi razvedka xizmati rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi

Foto: Tengrinews

Qozog‘istonda «Sirbar» tashqi razvedka xizmati direktori o‘rinbosari o‘zgardi. Bu lavozimga Baxitjon Nayzabekov tayinlandi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

«Davlat rahbarining 2017 yil 20 dekabrdagi farmoyishiga muvofiq Nayzabekov Baxitjon Yerensizovich Qozog‘iston Respublikasining «Sirbar» Tashqi razvedka xizmati direktori o‘rinbosari etib tayinlandi», - deyiladi xabarda.

«Sirbar» - Qozog‘iston prezidentiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi maxsus davlat organi bo‘lib, Nursulton Nazarboyevning 2009 yil 17 fevraldagi farmoni bilan tashkil etilgan va Qozog‘iston xavfsizligi hamda suverenitetini ta'minlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Top