AQŞ kinematografiya san'atlari va fanlari akademiyasi yilning eng yaxşi filmi yönalişida “Oskar” mukofotiga da'vogar filmlarning töliq röyxatini e'lon qildi.

Ta'kidlanişiça, bu röyxatdan 341 ta film joy olgan. Keyinroq da'vogarlar yana saralanib, qisqa röyxat tuziladi. Akademiya qoidalariga köra, “Oskar”ga da'vogarlik qiluvçi film davomiyligi 40 daqiqadan kam bölmasligi va Los-Anjyelesdagi istalgan kinoteatrda kamida 7 kun namoyiş qilingan bölişi kerak.

Röyxatga köra, da'vogarlar orasidan “Mö'jiza ayol”, “Tiğ ustidan yuguruvçi 2049”, “Karib dengizi qaroqçilari: Murdalar ertak aytmaydilar”, “Nari ket”, “Dyunkerk” va “Kingsman: Oltin halqa" filmlari örin olgan.

2018 yil 23 yanvarda e'lon qilinadigan yakuniy röyxatga 5 tadan 10 tagaça film kirişi mumkin. “Oskar”ning yubiley – 90-sondagi marosimi 2018 yil 4 mart kuni Los-Anjyelesda bölib ötadi.