21:50 / 21.12.2017
39036

Samarqanddagi «Almaz - Zolotoy Dvorets» to‘yxonasi MIB onlayn auksioniga qo‘yildi

Foto: livejournal.com/radimir_87

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosi «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» DUK tomonidan Samarqand shahri Abdurahmon Jomiy ko‘chasi 29-uy manzilida joylashgan muhtasham to‘yxona — «Almaz - Zolotoy dvorets» savdoga qo‘yildi.

Auktsion 2018 yil 12 yanvar kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Arizalarning qabul qilinishi muddati 2018 yil 11 yanvar soat 9:00 gacha.

To‘yxonaning boshlang‘ich narxi 2 milliard 175 million 367 ming 814 so‘m qilib belgilangan. Savdoda qatnashish uchun 5 foiz miqdorda zakalat puli to‘lash kerak. Bu 108 million 708 ming 390 so‘m 70 tiyinni tashkil etadi.

Ma'lumotlarda aytilishicha, 2012 yilda qurilgan, 0,077 ga maydonni egallagan, umumiy qurilish maydoni 882 kv.m, foydali yer maydoni 236 kv.m., 2 qavatdan, 5 ta xonadan iborat binoning 82 foiz qismi xatlangan.

KUN.UZ ma'lumotiga ko‘ra, to‘yxona 2016 yildan buyon faoliyat ko‘rsatmayotgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, u allaqanday jinoiy ish doirasida onlayn auksion savdosiga chiqarilgan.

Top