Senatda ichki ishlar vaziri axborot berdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri P.Bobojonovning ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Joriy yilda mamlakatda jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 ming 788 taga, jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar 5 ming 722 taga pasaygan. Ularni turlari bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak: qotillik 122 taga, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish 94 taga, nomusga tegish 92 taga, bosqinchilik 78 taga, talonchilik 142 taga, o‘g‘irlik 511 taga, firibgarlik 107 taga, bezorilik 848 taga, transport vositalarni olib qochish 17 taga kamaygan.
Profilaktika inspektorlariga samarali xizmat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani ularning xizmat samaradorligi oshishiga zamin yaratmoqda. Joriy yilda mamlakatning 1 ming 79 mahallasida bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Xorazmda “Jamoatchilik nazorat maskanlari” yo‘lga qo‘yilgani evaziga mavjud mahallalardan 25 foizi, Namangan shahri “Orzu” mahallasidagi ijobiy tajribadan samarali foydalanilishi natijasida viloyatning 20 foiz mahallasi jinoyatdan holi hududga aylantirilishiga erishildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 107, Surxondaryoda 139, Jizzaxda 53, Navoiyda 52, Andijonda 126 mahallada jinoyat sodir etilmadi.
Bunda prezident tashabbusi asosida har haftaning payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”, chorshanba kuni “Yong‘inlar profilaktikasi” tadbirlari o‘tkazilayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Shunga qaramay, jinoyatchilik statistikasi olib borilayotgan ishlar bugungi kun talablariga hali javob bermasligini ko‘rsatmoqda. Amalga oshirilgan kompleks islohotlarga qaramasdan, ayrim rahbar xodimlar tomonidan uning mazmun-mohiyatini to‘liq tushunmasdan, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, hanuz eski qolip asosida ish olib bormoqda. Buning oqibatida qator hududlarda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning oshib ketishiga, qidiruvda yurgan shaxslarning soni kun sayin oshib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Majlisda bunday holatlarga barham berish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Mavzuga oid
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024