19:05 / 21.12.2017
10793

UZ domen hududida bir hafta ichida rekord miqdorda yangi domenlar qayd qilindi

Foto: Kommersant.uz

Bir hafta ichida UZ domen hududidagi domenlar soni 15 mingtaga oshdi. Vaholanki, avval har yili domenlar soni 5 mingtadan ko‘proqqa oshmasdi. Bu haqda UZ domen hududi ma'muriyati ma'lum qildi. 

Ayni vaqtda internetning milliy segmentida faol domenlar soni 51 mingtani tashkil qilmoqda.

“UZ domenlari soni ko‘payishi sur'atining oshishiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanishi ta'sir qilgan, bu esa o‘z navbatida UZ domen hududida ishga tushirilayotgan saytlar va xizmatlar soniga ta'sir qiladi. Shu bilan davlatning axborot texnologiyalar sohasidagi salohiyati oshadi”, deb aytilgan xabarda.

Mavzuga oid
Top