O‘zbekiston | 23:53 / 21.12.2017
53314
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston BMTda Trampning Al-Quds bo‘yicha qarorini yoqlamaganlar tarafida bo‘ldi

Foto: salamnews.org

Bugun, 21 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi ish kunida AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Quds shahrini Isroil poytaxti, deb tan olgani atroflicha ko‘rib chiqildi.

BMT Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston​ AQSh prezidenti Donald Trampning xatti-harakatlarini "haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risida"gi Bosh Assambleya rezolyutsiyasini yoqlab ovoz berdi. Shuningdek, 127ta mamlakat vakillari ham O‘zbekiston kabi munosabat bildirgan bo‘lsa, 9 nafar BMTdagi doimiy vakil qarshi ovoz bergan. Bundan tashqari, 35ta davlat vakillari ovoz berishda ishtirok etmagan.

Rezolyutsiyaga qarshi ovoz berganlar orasida Turkmaniston, Isroil va AQShning BMTdagi doimiy vakillarini ko‘rish mumkin.

Ma'lumot uchun, ushbu hujjat deklarativ kuchga ega bo‘lib, hech qanday yuridik maqomga ega emas, ya'ni rezolyutsiyaning qabul qilinishi dunyo hamjamiyatining mazkur voqea yuzasidan umumiy pozitsiyasini bildiradi, xolos. AQSh prezidentining qarorini haqiqiy emas, deb topish uchun ushbu masala BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama etilishi shart.

Mavzuga oid