2018 yilda biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakatlar - Forbes reytingi
Forbes so‘nggi 12 yil ichidagi eng yirik iqtisodiyotlarni o‘rganib chiqib, kapital yotqizish uchun ulardan qay birlari eng jozibador ekanligiga aniqlik kiritdi. O‘zbekiston bu ro‘yxatda Livan va Eronning orasidan joy olib, 99-o‘rinda ko‘rsatilgan bo‘lsa, reytingni Buyuk Britaniya boshqarib turibdi.
Yevropa biznes uchun eng yaxshi davlatlar reytingidagi dastlabki 20 o‘rindan 12 tasini band qilib, yetakchilik qilmoqda. Ro‘yxatni 2019 yilda Yevropa ittifoqini butunlay tark etuvchi Buyuk Britaniya boshqarmokda. Yevropa davlatlari moliyaviy erkinlik, innovatsiyaviylik, infratuzilmalar va korrupsiya darajasining pastligi tufayli yuqori baho olishgan. O‘zbekiston 153 davlat orasida 99-o‘rinda qayd etilgan, Rossiya 58-o‘rinda.
«Biz biznes yuritish uchun eng yaxshi davlatlar reytingni 153 davlatni mulk huquqi, innovatsiyalarning tatbiq etilganligi, soliqqa tortilish darajasi, texnologiyalar, korrupsiya darajasi, turli (shaxsiy, savdo va moliyaviy) erkinliklar, byurokratizm va investorlarning himoyalanganligi kabi turli omillar bilan baholab, tuzib chiqqanmiz. Barcha toifalar o‘z ahamiyati bo‘yicha tengdir», deyiladi Forbes Russia maqolasida.
Biznes uchun eng yaxshi mamlakatlar:
1. Buyuk Britaniya
2. Yangi Zelandiya
3. Niderlandiya
4. Shvetsiya
5. Kanada
6. Hongkong
7. Daniya
8. Irlandiya
9. Singapur
10. Shveytsariya
11. Avstraliya
12. AQSh
13. Germaniya
14. Finlyandiya
15. Norvegiya
16. Tayvan
17. Belgiya
18. Avstriya
19. Janubiy Koreya
20. Ispaniya
Biznes uchun eng yomon mamlakatlar
144. Venesuela
145. Zimbabve
146. Burundi
147. Gvineya
148. Yamen
149. Liviya
150. Afg‘oniston
151. Haiti
152. Gambiya
153. Chad
Mavzuga oid
20:42 / 06.10.2024
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi
21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi
22:27 / 10.08.2024
Forbes AQShdagi prezidentlik poygasining «eng qashshoq» ishtirokchisi nomini ma’lum qildi
12:13 / 24.07.2024