Aqidaparast kimsalar bizga yarashmaydi - Prezident

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida yoshlar tarbiyasiga alohida to‘xtaldi.
«Islom madaniyati markazi haqida. BMTda bekorga al-Buxoriy markazi haqida gapirganim yo‘q. Hozirgi yoshlardan al-Buxoriyni kim o‘qiyapti? Adashganlar bo‘lishi mumkinmi bizning mahallada, jamiyatda? Kim javob beradi? Ijro organi. Afv etilganlarning taqdirlari nima bo‘layapti. Hokim, diniy ishlar bo‘yicha vakil qayerga qaramoqda? Bitta nazariyachimiz yo‘q nomi chiqqan. Nasafiy bobomiz ming yil avval yozgan adashganlar haqida.
Hozir esa kitob yozganlarni topa olmadim.. 20 yilda bir narsani qoyil qilganlar yo‘q», dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev diniy oqimlarga berilgan kishilarga qarshi kurash masalasi haqida gapirgan.
«Qandaydir aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan kimsalarning chiqishi endi bizga yarashmaydi. Biz buni bilib bilmaganga oldik. Xalq, jamiyat shug‘ullanishi kerak, deputat e'tibor qaratishi kerak.
«Mahalla», nozir xiyonat qilsa, bizga unday odamlar, rahbarlar nega kerak? Nega IIVga qattiq qarayapman? Mana, Moskvada yig‘ilishda vakillarimiz qatnashishdi. Qachon ogoh bo‘lamiz – har bir ko‘cha, uyda, mahallada ega bo‘lsa. Mahalladagi imom unga haqiqiy islomni tushuntira olsa, u adashganlarni kirgizishga haqqimiz yo‘q. Xudo ham, bandasi ham bizni kechirmaydi», dedi prezident.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
9 ta xonadon uchun transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:17
-
Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi
Jahon | 08:57
-
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 08:35
-
Xitoy Trampni o‘zaro bojlarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024