23:50 / 22.12.2017
9512

Boeing dunyodagi ilk uchuvchisiz havo tankerini namoyish etdi

Mashhur Boeing korporatsiyasi jamoatchilikka o‘zining aviatsiyani havoda yonilg‘i bilan ta'minlashga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi uchuvchisiz samolyotini namoyish etdi. New Atlas nashrida keltirilishicha, uchuvchisiz havo tankeri aviatashuvchilardan ajralib chiqish funksiyasiga ega bo‘lib, u ham harbiy, ham fuqarolik aviatsiyasini yonilg‘i bilan ta'minlaydi. 

Yangi samolyot asosida Boeing MQ-25 uchuvchisiz aviatsion tizimining modifikatsiyalashgan versiyasi yotadi. Undan, birinchi navbatda, F/A-18 Super Hornet, EA-18G Growler va F-35C harbiy samolyotlariga yonilg‘i yetkazib berishda foydalaniladi. 

Parvoz tizimining o‘zi ham qiziq. Mustaqil boshqaruvli tanker havoga katapulta yoki tashuvchi-samolyot yordamida chiqarilishi mumkin. Bundan tashqari, samolyot qanotlari yig‘iladi va bu uni qo‘llash uchun juda qulay qiladi. Boeing Phantom Works kompaniyasining yonilg‘i quyish tizimi dasturini boshqarayotgan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining iste'fodagi admirali Don Gaddis shunday deydi:

"Boeing deyarli 90 yildan beri armiya uchun harbiy-dengiz samolyotlarini ishlab chiqaradi. Bizning tajribamiz yondashuvimizga nisbatan ishonch bag‘ishlamoqda. Ishlab chiqarishga doir shartnoma imzolanishi bilan, yozgi sinovlarga tayyormiz. Loyihamiz maqsadi - yangi uchuvchisiz razvedka va zarb beruvchi samolyotlarni ishlab chiqish". 

Mavzuga oid
Top