15:19 / 22.12.2017
14619

Dunyoda birinchi bo‘lib. Fransiya neft va gaz bo‘yicha muhim qaror qabul qildi

Foto: East News

Fransiya 2040 yildan so‘ng neft va gaz qazib olishni taqiqlaydi. Bu prezident Emmanuel Makronning qazib olinuvchi yoqilg‘idan foydalanishni qisqartirish bo‘yicha dasturi bir qismi sanaladi. Qonun kuchga kirganidan so‘ng, Fransiya hamda uning hududlarida neft va gazni qazib olish hamda qidirish noqonuniy bo‘ladi. Qazib olishga berilgan barcha ruxsatnomalar 2040 yilda bekor qilinadi, yangilarini berish esa hozirdan to‘xtatiladi.

Fransiya shunday qonunni qabul qilgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi. Bu haqda Makron Twitter’dagi mikroblogida xabar berdi hamda Donald Trampga nisbatan tahqirli #MakeOurPlanetGreatAgain heshtegini qo‘ydi. Biroq, mamlakat iqtisodiyotiga yangi qonun hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi, sababi Fransiya neft va gazning 99 foizini import qiladi. Mamlakat bir yilda atigi 815 ming tonna neftni ishlab chiqaradi (asosan, Fransiya Gvianasi hududida) – Saudiya Arabistoni xuddi shuncha hajmni bir necha soat ichida oladi. Ammo, hukumatning ishonch bildirishicha, bunday ramziy belgi boshqa davlatlarni shunga o‘xshash qonunlarni qabul qilish haqida o‘ylab ko‘rishga majburlaydi.

Makronning ma'lum qilishicha, Fransiya global isishga qarshi kurashda jahon yetakchisi bo‘lishga harakat qilmoqda. U Donald Tramp aybi tufayli BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha dasturida yuzaga keladigan barcha xarajatlarni qoplab berishga va'da qildi. Shuningdek, Fransiya hududida 2040 yilga kelib ichki yonish dvigateliga ega avtomobillarni taqiqlash rejalari borligi haqida ma'lumot berdi.

Mavzuga oid
Top