Imomali Rahmon: "Dunyo yangi sovuq urush bo‘sag‘asida turibdi"
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat parlamentiga bildirgan bayonotida dunyoda qurollanish poygasi bilan bog‘liq yangi jarayonlar kuzatilayotganini qayd etdi.
"Bugun bizning sayyoramiz yangi sovuq urush bo‘sag‘asida turibdi", - dedi u.
Tojikiston prezidenti terrorizm va ekstremizm muammosi sayyoramizda tahdidli ko‘lamlarda kuzatilayotganini ta'kidladi.
"Birgina o‘tgan yilning o‘zida dunyoning 100 mamlakatida terrorchilik hujumlari amalga oshirildi", - dedi davlat rahbari.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda ro‘y berayotgan salbiy jarayonlarga qaramay, Tojikiston ishonch bilan oldinga harakat qilmoqda.
"Tojikiston doim dunyoning barcha mamlakatlari bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlash tarafdori bo‘lgan. Biz ochiq eshiklar siyosatini yuritishda davom etamiz, ushbu siyosat o‘z hosilini bermoqda - jahon miqyosida do‘stlarimiz tobora ko‘payib bormoqda", - dedi prezident.
Shuningdek, u Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirib, munosabatlarni yaxshilash Tojikiston uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini ta'kidladi.
Tojikiston rahbari respublika MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratib kelayotganini qayd etdi.
Prezident o‘z nutqida jahon hamjamiyatini Afg‘onistonga tinchlik va osoyishtalikka erishishga amaliy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024