«Endi bunday yashab bo‘lmaydi!». Prezident korrupsiya va byurokratiya muammosi haqida

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida korrupsiya va byurokratiya muammosini tilga oldi.
Prezident Oliy sud faoliyatini keskin tanqid qilib, Oliy Majlis huzurida Sudlarga ko‘maklashish komissiyasi tashkil etilishini ma'lum qildi.
«Komissiya kelib tushayotgan murojaatlarni umumlashtirish, haqqoniy vaziyatni tahlil etish, Oliy sud bilan muammolarga yechim topish bilan shug‘ullanadi.
Bizda eng katta vabo sudlarda. Bir yelkada iymon, bir yelkada shayton. Olti oy iymonda ishlaydi, lekin keyin buziladi. Korrupsiyani hidi keladi.
3 oydan keyin poraga aralashib ketmoqda sudya. Menga kelib rosa maqtashadi, men uni qayerdan bilaman? 3 oy ichida Oliy sud rahbariyatida 4 rahbarni ishdan olaman», dedi prezident.
Prezident byurokratiya muammosiga to‘xtaldi.
«Ayniqsa, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘tirib olgan amaldorlar faoliyatida otangga bor, onangga bor qabilidagi sansalorlik avjiga chiqqan. Bunday holga endi toqat qilib bo‘lmaydi.
BTI (kadastr xizmati - tahr.) soliqchilardan ham poraxo‘r bo‘lib ketgan. Yerni qonunsiz kim beradi? BTI yer tuzuvchi, endi unday narsa yo‘q, endi hamma masalani kunma-kun hal qilib beradi.
Shovotda xususiy bog‘cha ochish uchish Toshkentga 1000 kilometrdan ko‘proq yo‘l bosib kelish kerak. Bu byuroktratizm. Bog‘chani xususiy qilaman degan odam oxiri o‘zini Amudaryoga tashlab yuboradi-ku? Shu darajaga olib kelishadi.
Bu yil ko‘pchilik vazirlarni olib tashlayman, pensiya vaqti bo‘ldimi, bo‘ldi. Sadoqatli odamlarni boshimga ko‘taraman, quruq savlat bilan yuradiganlari esa menga kerak emas», dedi prezident.
Prezident vatan va xalq manfaati, deb idorasining nomini ro‘kach qilish taqiqlanishini ta'kidladi.
«Har bir huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining ish faoliyatini yuritishda Konstitutsiyaviy normalar bor.
Ular u normadan chiqishiga haqqi yo‘q. Ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati, Prokuratura, sudlar o‘z ishi bilan shug‘ullansin. Har bir hududda shu idoralar vakillari hokimga bo‘ysunadi. Hokim viloyatda Prezidentning vakili, bu masalani muhokama qilishga hech kimning haqqi yo‘q», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda
Jahon | 11:01
-
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi
Jahon | 11:00
-
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:51
-
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi
Jahon | 09:50
Mavzuga oid

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

12:21 / 05.03.2025
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti keldi - prezident

11:44 / 05.03.2025