Erkak dafn qilingandan keyin 7 oy o‘tgach uyiga keldi
Tailandda 44 yoshli Sakxon Sachiva baliq ovlovchi kemadagi bir necha oylik vaxtadan keyin uyiga qaytgach, oilasi uni o‘lgan deb hisoblab, 7 oy oldin krematsiya qilganidan xabar topdi.
Sachiva 16 dekabrda Sisaket viloyatidagi uyiga qaytgach, uning qarindoshlariga 2017 yil may oyida noma'lum erkakning jasadi topshirilganidan xabar topdi. Jasad Bangkok yaqinidagi ijaraga beriladigan uylardan birida topilgan.
Jasad chirigan holatda bo‘lgan, unda surati bo‘lmagan, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma, turar manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgani haqidagi hujjat nusxasi, shuningdek, Sachiva nomiga guvohnoma bo‘lgan. Aniqlanishicha, erkak oshqozon-ichak yallig‘lanishidan vafot etgan.
Politsiya Sachiva yaqinlari bilan bog‘lanib, ularga jasadni topshirgan. Jasad krematsiya qilingan. Sachiva onasiga boquvchisining vafoti munosabati bilan 90 ming bat (3 ming dollar) tovon puli to‘langan.
Sachiva uyda paydo bo‘lgandan keyin huquq-tartibot idoralari tergov boshlashgan. Aniqlanishicha, Sachivaning hujjatlari o‘g‘irlab ketilgan. Erkak bu haqda o‘z vaqtida ariza bergan. Ko‘rinishicha, topilgan marhum Sachivadan o‘g‘irlangan hujjatlar bilan yashagan.
Sachiva yaqinlarining aytishicha, ular jasadni o‘likxonadan olishayotganda marhumning tishlari Sachivanikidan boshqachaligiga e'tibor qaratishgan. Biroq o‘likxona xodimlari jasad tanib bo‘lmaydigan darajada chirib ketganini aytib, erkakning oilasini tegishli marosimlarni o‘tkazish uchun jasadni tezroq olib ketishga ko‘ndirishgan.
Mavzuga oid
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024
Tailand hukumati iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun fuqarolarga 300 dollardan tarqatishni boshladi
01:00 / 29.09.2024
Tailandda fermer devor qulashi xavfi sabab 100 dan ortiq timsohini o‘ldirishga majbur bo‘ldi
13:20 / 27.09.2024