O‘zbekiston | 14:00 / 22.12.2017
9381
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolar parlamentga elektron murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida demokratiyaning ilg‘or mexanizmi sifatida jamoa bo‘lib elektron murojaat kiritish tartibini joriy etishni taklif etdi.

«Bir guruh fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni Oliy Majlis yoki xalq deputatlari kengashlari ko‘rib chiqishi majburiy ekani qonunda belgilab qo‘yilishi lozim.

Internetda «Mening fikrim» degan maxsus veb-sahifa tashkil etiladi. Bu aqlli deputatga yoqadi. Sizlarga ham oson bo‘ladi. Odamlarimiz fikrlarini, tashabbuslarini elektron tarzda  yuboradi. Fuqarolar davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin bo‘ladi», dedi prezident.

Mavzuga oid