2018 yildan boshlab har bir post-patrul xizmati xodimlari kameralar bilan ta'minlanadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida aytib o‘tdi.

«Post-patrul xizmati xodimlarining videokamerasi bo‘lmasa, haydovchilar u bilan gaplashmasligi kerak. Kamera bo‘lmasa u pora olish payida bo‘ladi. Viloyatlar chegarasidagi postlar ham kamaytiriladi. Masalan, Xorazmdan yo‘lga chiqqan odam Toshkentga kelguncha tekshiruvdan o‘taverib tinkasi quriydi.

Endi YPX xodimi to‘xtatadi, kamera bilan gaplashadi, bo‘yniga kichkina kamera osib qo‘yadi, bu tamagirlik, mansabini suiiste'mol qilish holatlarining oldini oladi», dedi prezident.