O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida kelgusi yilda qurilish sohasini isloh qilish va jadal rivojlantirish asosiy vazifalardan biri bo‘lishini qayd etdi.
«Biz qurilish-pudrat tashkilotlari va quruvchilarning zamonaviy avlodini yaratish ustida jiddiy bosh qotirishimiz zarur», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bu borada qurilish sohasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi.
Ta'kidlanishicha, qurilishga juda katta preferensiya beriladi. Yanvar oyida tegishli qaror chiqadi.
















