Sport | 19:25 / 22.12.2017
11602
2 daqiqa o‘qiladi

Messi top-100 eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatini boshqarmoqda

Britaniyaning The Guardian nashri 2017 yilning eng yaxshi 100 nafar futbolchining reytingini e'lon qildi.

63 mamlakatdan 169 ekspert ishtirok etgan so‘rovnomada, birinchi o‘rinni 
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi qo‘lga kiritdi. 

Argentinalik 6582 ochko jamg‘arib, «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldudan (6540) 42 ochkoga o‘zib ketdi. Uchinchi o‘rinni «PSJ» hujumchisi Neymar (5934) egallab turibdi.

Top-10 eng yaxshi futbolchilar
1. Lionel Messi («Barselona»)
2. Krishtianu Ronaldu («Real»)
3. Neymar («PSJ»)
4. Kevin De Bryoyne («Manchester Siti»)
5. Harri Keyn («Tottenhem Hotspur»)
6. Luka Modrich («Real»)
7. Robert Levandovski («Bavariya»)
8. Kilian Mbappe («PSJ»)
9. Toni Kroos («Real»)
10. Eden Azar («Chelsi»).

Lionel Messi faoliyatida to‘rtinchi marta bunday e'tirofga sazovor bo‘lmoqda (2012, 2013, 2015, 2017), Krishtianu Ronaldu esa ikki marta bunday reytingni boshqargan (2014, 2016).

Mavzuga oid