Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati isloh qilinadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MXX faoliyatini isloh qilish vaqti kelgani haqida gapirdi. U Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan anjumanda shu sohaga ham to‘xtaldi.
«Shu tizim ichida o‘zim ham o‘sganman. Xudodan so‘raymiz, u kunlar qaytib kelmasin endi. Milliy xavfsizlik xizmati 26 yil avval hukumat tasdiqlagan nizom asosida ishlab kelmoqda. Har qanday oddiy harakat ham MXXga qarshi deb baholab kelingan. Har qanday oddiy masala ham milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab kelingani ushbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketishiga sabab bo‘lgan. MXX faoliyatini isloh qilish vaqti keldi. Shu sababdan MXX faoliyati to‘g‘risida qonunni ishlab chiqish vaqti keldi», dedi prezident.
Prezident dunyoning ba'zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o‘z navbatida, terrorizm va ekstremizm tarqalishiga hamda bu illatlar global muammolardan biriga aylanishiga olib kelayotganini qayd etib o‘tdi.
«Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Aynan shu nuqtai nazardan va globallashuv davrining barcha tahdidlarini inobatga olgan holda Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi», deya prezident so‘zlarini keltirgan O‘zA.
Davlat rahbari shu munosabat bilan «Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida»gi va «Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Astronomlar yulduzlarni parchalovchi «daydi» qora tuynukni kashf etdi
Fan-texnika | 22:31
-
Pokiston Hindiston hujumlariga javobni kechiktirishga qaror qildi
Jahon | 22:15
-
Eron 11 may kuni yadroviy masalalar bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi
Jahon | 22:02
-
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
Jahon | 21:20
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024