Prezident: «Yana ko‘p vazirlarni ishdan olaman»

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi haqida ham so‘z yuritdi.
“Bu agentlik o‘sha endi qishloqda hamma joyda - notarial idorada navbat, pasport berish navbat, mahalladan ma'lumotnoma olish navbat, mashinaga ham navbat – hamma joyda korrupsiya. Endi unday gaplar bo‘lmaydi. Keldi, ma'lumotnoma berilmadimi – prezident qabulxonasiga keladi. Toshkentdagi rahbarni darrov ishdan olib tashlayman. Uch marta olib tashlayman, yangi odamlar qo‘yaman. Mana, ko‘ryapsiz yangi kadrlar qo‘ymoqdamiz, ikki yildan keyin ular zo‘r ishlaydi. Men ularga ishonaman.
Bu yil ko‘rasizlar, yana ko‘p vazirlarni ishdan olaman. Ko‘pchiligini pensiyaga jo‘natib yuboraman, nega desangizlar, ular ham ko‘p ishlagan, dam olsin, bo‘ldi, pensiya vaqti keldi hammasini. Hammamiz ketishimiz kerak, pensiya bo‘ldimi – bo‘ldi. Bir xillar bor sadoqat bilan ishlaydi, o‘zini qiynaydi, yangilikka intiladi, tashabbus beradi. Sadoqatli odamlarni boshimga ko‘taraman, quruq savlat bilan yuradiganlari menga kerak emas”, - dedi Shavkat Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil armiyasi G‘azoda 1,2 kmlik tunnelni yo‘q qildi
Jahon | 08:11
-
Bektemirda yuk avtomashinasi piyodani urib yubordi
Jamiyat | 08:06
-
Olimlar sun’iy intellektni imo-ishoralarni tanishga o‘rgatdi
Fan-texnika | 01:09
-
Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston BAAni mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l oldi
Sport | 00:18
Mavzuga oid

13:30 / 31.10.2024
Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari belgilandi

07:36 / 25.10.2024
Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi

11:40 / 16.10.2024
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

20:48 / 09.10.2024