Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasi vaqtida sobiq Içki işlar vaziri Ahmadjon Ahmedboyevni xiyonatda aybladi.
«Ahmedbayevning hamma generallari qayerda yurganini bilamizmi? Uni xiyonat qilgani uçun olib taşladim», dedi prezident.
Prezident har bir huquqni muhofaza qiliş organi xodimlarining iş faoliyatini yuritişda Konstitutsiyaviy normalar borligini qayd etib ötdi.

Eslatib ötamiz, 2013 yildan IIV rahbari sifatida işlagan Ahmadjon Ahmedboyev şu yilning yanvarida lavozimidan ozod etilib, prezident maslahatçisi lavozimiga ötkazilgandi. Uning örniga Jizzax viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Abdusalom Azizov tayinlangandi. Sentyabr oyida esa Abdusalom Azizov Mudofaa vaziriga aylandi, uning örnini Pölat Bobojonov egalladi.
















