Prezident tadbirkorlik sub'yektlarini tekshirishni 2 yilga to‘xtatishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi faoliyati davr talabiga javob bermayotgani qayd etildi.
«O‘zingiz o‘ylang, ushbu kengashning ishchi organi ham, eng ko‘p tekshirish o‘tkazadigan nazorat organi ham – soliq idorasining o‘zi. Tekshirish uchun ham o‘zi ruxsat bersa, ham o‘zi tekshirsa, buni qanday tushunish mumkin», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltiradi O‘zA.
«Tadbirkorlik nega rivojlanmayapti O‘zbekistonda? Gaz bor, svet bor, mahsulot bor. Bunga o‘zimiz, davlat idoralari yo‘l qo‘ymayapti. Hech kimga kerak bo‘lmagan tartiblar saqlanib qolinmoqda. Joylarda amaldorlar faqat o‘z manfaatini o‘ylamoqda. Cherchill shunday degan: Ba'zilar tadbirkorlar deganda sog‘in sigirni, faqat sanoqlilar tadbirkor degan og‘ir aravani tortayotgan mehnatkash otni tushunadi.
Tadbirkorlar bilan endi prokuratura va SSP ishlaydi. Ularni eshitadi, qonuniy yordam beradi, huquqlarini ishonchli himoya qiladi. Kimnidir nazorati ostida degan gaplar endi yo‘q. U ko‘priklar kuyib ketib bo‘lgan. Nopok tadbirkorlarga ham murosasiz munosabatda bo‘lish lozim.
Shu munosabat bilan tekshirishlar o‘tkazishga ruxsat berishning maxsus elektron axborot tizimiga o‘tish va uning nazoratini Bosh prokuraturaga yuklash maqsadga muvofiq. Shuningdek, barcha tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni 2 yil muddatga to‘xtatsak, nima deysizlar?», degan prezident.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 15:27
-
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi
Iqtisodiyot | 14:35
-
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqqa ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
O‘zbekiston | 14:25
-
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
Jahon | 14:20
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024