O‘zbekiston | 12:30 / 22.12.2017
78187
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev ikki viloyat rahbarini ishdan olganini izohladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida rahbarlar bugungi davr talablariga mos ravishda ishlashi zarurligini qayd etdi. 

Prezident yaqinda paxta hosili bilan bog‘liq qo‘shib yozishlar haqida to‘xtalib, shu sababli ikkita tajribali rahbar ishdan olib tashlanganini misol sifatida keltirib o‘tdi. 

«Nega men ikki viloyat hokimini ishdan oldim? Toshkent va Jizzax viloyatlarining hokimlari Shukrullo Boboyev va Ulug‘bek Uzoqov tajribali odamlar edi. Lekin ular qo‘shib yozishni boshladi. Bir kilo bo‘lsa ham toza qil degandim.

Gdlyan, Ivanovlar kerak emas. Men yerni tagida ilon qimirlasa bilaman. Kalamushdan qolganlar pastda o‘tiribdi hammasi, kechagi illatni qolganlari. 

Ammo endi bunday ishlab bo‘lmaydi. O‘zbek xalqining boshidan ne-ne kunlar o‘tmadi. Biz u kunlar qaytishini istamaymiz. Bizga qo‘shib yozuvchilar kerak emas.

Menga millatni sevadigan odam kerak», dedi davlatimiz rahbari. 

Mavzuga oid