«Tajovuzkor». Putin AQShning yangi strategiyasiga izoh berdi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, AQShning milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi strategiyasi tajovuzkor xarakterga ega.
RF rahbari buni e'tiborga olishga chaqirgan. Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, AQSh o‘rta va yaqin masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomani buzmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Moskva tomonidan go‘yoki buzilishlarni qidirib, shartnomaning tanazzulga yuz tutishiga olib kelmoqda.
"Amerika Qo‘shma Shtatlarida raketalarga qarshi mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazish uchun foydalanilayotgan raketa-nishonlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra, o‘rta hamda yaqin masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketalarga o‘xshashdir. Ular bor va qo‘llanilmoqda. AQShda ularning ishlab chiqarilishi o‘rta va yaqin masofalardagi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnoma bilan taqiqlangan texnologiyalar ishlanmasidan darak beradi", - deya ma'lum qilgan Putin Rossiya Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida.
Uning ishonch bildirishicha, "AQSh ishni o‘rta va yaqin masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomani buzishga qarab olib bormoqda". "Har doim bizning tomondan qandaydir buzilishlarni izlashmoqda, o‘zlari esa shu bilan shug‘ullanishmoqda", - deya ta'kidlab o‘tgan Putin.
U jahonda, ayniqsa, RF chegaralarida, mojaroli mintaqalarda, Yevropada kuchlar muvozanatining o‘zgarishini Amerika raketalarga qarshi mudofaa tizimi hisobga olingan holda diqqat bilan kuzatib borishni talab qilgan. Putinning aytishicha, Rossiyada harbiy infratuzilmaning tajovuzkor rivojlanishidan paydo bo‘luvchi tahdidlarga mos javob qaytarishga suveren huquqi bor.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024