Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida keng xalq ommasi o‘rtasida kitobxonlik sayli o‘tkazilmoqda
Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va aholi ma'naviyatini yuksaltirish maqsadida viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markazi Toshkent viloyati Kengashi, “Kitob olami” ma'naviy-ma'rifiy majmuasi, “O‘zdavkitobsavdota'minoti” MChJ hamda boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda viloyatda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilishga qaratilgan “Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati” shiori ostida tantanali tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda KUN.UZ’ga Toshkent viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Joriy yilning dekabr oyida viloyatning 17 ta tuman-shahrida hamda Zangiota tarbiya koloniyasida o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etgan muqaddam sudlangan, hozirda jazo o‘tayotgan, ma'muriy nazorat ostida turgan, jinoyat sodir etishga moyil, aliment qarzdorliklarni o‘z vaqtida to‘lamayotgan va notinch oila sifatida ro‘yxatga olingan 6 ming nafardan ortiq shaxsga Tohir Malikning “Zalolatga botma, ey inson” nomli asari va Abdumurod Tilavovning “Oilam bilan har kun bir hayot darsi o‘rganamiz” nomli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblari tekinga tarqatildi.

Shuningdek, tashkil etilgan kitob yarmarkalarida ishtirok etgan ta'lim muassalari o‘qituvchi va o‘quvchilari, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi korxona va tashkilotlar xodimlari, uyushmagan yoshlar hamda keng xalq ommasi tomonidan jami 120 mln. so‘mlik 40 mingdan ortiq kitob sotib olindi.
Bu kabi tadbirlar belgilangan dastur asosida viloyatning boshqa tuman-shaharlarida ham davom etmoqda.




Mavzuga oid
12:07 / 25.02.2026
Kiberfiribgarlik: bemor bolalar uchun xayriya videolari orqali pul yig‘gan shaxs ushlandi
08:22 / 25.02.2026
110 ming dollar talab qilgan bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
16:53 / 20.02.2026
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov “Erkin millat poydevori” nomli kitobini taqdim etdi
19:49 / 07.02.2026