Viloyatlar çegarasidagi barça yöl-patrul postlari tugatiladi. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

«Hozirgi vaqtda viloyatlar örtasida yöl-patrul postlarining eskiça joylaşuvi harakatlaniş erkinligini çeklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, içki va taşqi turizm rivojiga salbiy ta'sir körsatmoqda. 

Özingiz öylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toşkentga maşinasida bormoqçi bölsa, yölda 17 ta postdan ötadi. Farğona vodiysidan kelayotgan kişi esa 8 ta ana şunday postga duç keladi», deya ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida. 

«Xorazmdan kelayotgan odam qança postdan ötadi. Töxtatadi, keça içgan boşi oğriyapti, pul olişi kerak, unga beradi, keyin Samarqand, Jizzax...», dedi prezident.

Şu munosabat bilan viloyatlar çegarasidagi barça yöl-patrul postlarini tugatiş, patrul xizmati statsionar postlari sonini keskin kamaytiriş lozimligi ta'kidlandi.