Jurnalistika sohasida alohida universitet tashkil etiladi - Prezident

O‘zbekistonda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universiteti tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida ma'lum qildi.
«Bugungi kunda yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular mulk shakli, yo‘nalishi, axborot uzatish vositalariga ko‘ra turlichadir.
O‘z-o‘zidan ravshanki, ularning barchasiga yuqori malakali kadrlar kerak. Afsuski, bunday keng ko‘lamli vazifani bir joyda markazlashtirgan holda hal etadigan tayanch oliy o‘quv yurti mamlakatimizda mavjud emas.
Nodavlat OAV, internet saytlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat jamg‘armasini tuzish maqsadga muvofiq.
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etamiz», dedi prezident.
Yangi universitet uchun alohida bino ajratiladi.
«Hamma joyda kollej, litsey qildik, marmar toshlar qildik. Lekin hamma narsani o‘qish, bilim hal qiladi. OAV demoqdamiz. Bizda qaysi OAVning Xitoyda, Koreya, Rossiyada, Yaponiyada vakili bor? Internetdan olgan voqeani uch kundan keyin beramiz. Jurnalistlar qani til biladigan? Qayerda tayyorladik? Jurnalist bu axborot texnologiyani bilgan mutaxassis bo‘lishi kerak. Koshona litseylar qurganmiz. Lekin ichidagi domlasi menga yoqmaydi. Bitta litseyni olib uni jurnalistikaga beramiz», dedi prezident.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024