Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
0:3. «Barselona» «El-klasiko»da yirik g‘alabaga erishdi
Foto: La Liga
Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Real» «Barselona»ni qabul qilib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limni faol boshlagan mehmonlar avvaliga Luis Suaresning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Keyinroq Karvaxal darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qo‘li bilan qaytargani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Messi esa belgilangan penaltini aniq amalga oshirib farqni oshirdi. O‘yin so‘ngida Aleish Vidal Messi tomonidan uzatilgan to‘pni golga aylantirib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» hisobidagi ochkolar soni 45taga yetdi va jamoa peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Real» esa 31 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.
Ispaniya La-ligasi, 17-tur
Real Madrid – Barselona 0:3 (0:0)
Gollar: Suares (54), Messi (64, penalti), Aleish Vidal (90+3).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Beyl, 72), Kazemiro (Asensio, 72), Modrich, Kroos, Benzema (Nacho, 66), Ronaldu.
Barselona: ter Stegen, Vermalen, Pike, Alba, Paulino (Andre Gomesh, 84), Serdji Roberto (Aleish Vidal, 90), Buskets, Rakitich, Inesta (Nelson Semedu, 77), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Vermalen (18), Ramos (59), Marselo (83), Buskets (88).
Chetlatish: Karvaxal (63, Real).
Mavzuga oid
14:07 / 19.01.2026
«Barsa»da mag‘lubiyat, van Persining o‘g‘lidan shedevr gollar
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
12:00 / 08.01.2026